Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Narxlarni yonma-yon solishtiring — qo'ng'iroq shart emas.
So'rov qoldiring — printchilar o'zlari taklif yuboradi.
Buyurtmadan oldin reyting va ish namunalarini ko'ring.
Printchi bilan chatda yozishing, holatini Telegramda kuzating.
Uch qadam — va buyurtmangiz ishga tushadi
Katalogdan tayyor xizmatni tanlang yoki nima kerakligini yozib, bepul so'rov qoldiring
Narx, muddat, reyting va ish namunalariga qarab eng mos printchini tanlang
Printchi bilan chatda kelishing, holatini kuzating — o'zingiz oling yoki yetkazib berishni so'rang
Kompaniyangiz uchun barcha bosma materiallarni bitta platformadan buyurtma qiling. Katta tiraj kerakmi? So'rov qoldiring — printchilar tirajga qarab narx taklif qiladi.

Shopper4.7Tabiiy paxta/kalico matodan eko shopper — silk-screen yoki DTG print.
Paket4.7Tabiiy kraft qog'ozdan logotipli paketlar — ip yoki yassi tutqichli.
Etiketka4.7Mahsulot uchun yopishqoq etiketka — rulon yoki varaqda, istalgan shakl va o'lcham.
Bedjik4.7
Krushka4.7Logotipli ruchka, bloknot, krushka va paket — korporativ sovg'a.
3D Print4.7Printy orqali buyurtma bergan mijozlarning sharhlari
“Canvas buyurtmam uyga mos keldi, rahmat!”
“Futbolkalarga print yaxshi, lekin biroz kech topshirildi.”
Print qilish, print bozori va print xizmatlari haqida bilishingiz kerak bo'lgan asosiy ma'lumotlar
Print xizmati — fayl yoki dizayningizni qog'oz, mato, plastik va boshqa materiallarga chop etish. Printy — onlayn print bozori: bu yerda turli printchilarning vizitka, banner, futbolka print, stiker, paket, 3D print va boshqa xizmatlarini bitta joyda topasiz, narxini solishtirasiz va onlayn buyurtma berasiz.
Mijozlar uchun yo'q. Qidirish, narx so'rash va buyurtma berish bepul — mahsulot narxini to'g'ridan-to'g'ri printchiga to'laysiz.
Narxni har bir printchi o'zi belgilaydi va u xizmat sahifasida ochiq turadi — bir nechta variantni solishtirib, byudjetingizga mosini tanlaysiz. Masalan: futbolka print — 120 000 so'mdan, logotipli paket — 10 000 so'mdan.
Uch qadamda: 1) katalogdan kerakli xizmatni tanlang, 2) miqdorni belgilang va izohda o'lcham, rang yoki fayl havolasini yozing, 3) buyurtmani yuboring. Tayyorlash muddati printchi bilan kelishiladi, holatini «Buyurtmalarim» bo'limida va Telegramda kuzatasiz.
Ro'yxatdan o'ting va bepul so'rov qoldiring: nima kerakligini, miqdor va muddatni yozing, xohlasangiz eskiz yoki faylni biriktiring. Printchilar narx takliflarini yuboradi — siz solishtirib, eng mosini tanlaysiz.
Narx va to'lov usuli printchi bilan to'g'ridan-to'g'ri kelishiladi. Printy saytda onlayn to'lov qabul qilmaydi.
Katalogda banner va plakat, vizitka, broshura, taklifnoma, kalendar, futbolka va krushkaga print, stiker va etiketka, paket va shopper, fotochop, 3D print kabi yo'nalishlar bor. Kerakli xizmat hozircha katalogda bo'lmasa, so'rov qoldiring — printchilar o'zlari taklif yuboradi.
Printchi arizasi Printy jamoasi tomonidan ko'rib chiqilgach profil faollashadi (bu sifat kafolati emas). Har bir printchining reytingi, sharhlari va ish namunalari ochiq — o'zingiz baholab tanlaysiz.
Printy — e'lonlar platformasi: buyurtma shartlari, to'lov va sifat mijoz bilan printchi o'rtasida kelishiladi, Printy shartnoma tomoni emas. Printchi profili, reytingi, sharhlari va ish namunalarini ko'rib tanlang, kelishuvlarni sayt ichidagi chatda yozma qoldiring. Kelisha olmasangiz, Telegram orqali murojaat qiling — yordam berishga harakat qilamiz, lekin natijani kafolatlay olmaymiz.
Printy printchilar va mijozlarni bir joyga jamlaydi. Vizitka va bannerdan tortib futbolka, paket, stiker va 3D printgacha — kerakli bosma mahsulotni bir necha daqiqada topasiz.
Bosmaxonalarni birma-bir aylanib, qo'ng'iroq qilib narx so'rash shart emas: narxlar, muddatlar va ish namunalari yonma-yon turadi. Buyurtma berish, printchi bilan yozishish va holatni kuzatish — barchasi bitta joyda. Kerakli xizmat katalogda bo'lmasa, so'rov qoldiring — printchilar takliflarini o'zlari yuboradi.